O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p qaysi davlatlar xarid qilmoqda?

O‘zbekistonning 2026 yil yanvar–iyun oylaridagi eksport hajmi 15,9 milliard dollarga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yarim yil davomida ushbu davlatga 2,4 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Eksport hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Xitoy — 1,4 milliard dollar, Afg‘oniston — 961,5 million dollar, Qozog‘iston — 717 million dollar va Fransiya — 707,2 million dollar egallagan.
TOP-10 talikdan shuningdek, Gonkong — 543,1 million dollar, Turkiya — 516,2 million dollar, Qirg‘iz Respublikasi — 452,7 million dollar, Birlashgan Arab Amirliklari — 353,4 million dollar hamda Tojikiston — 333,3 million dollar bilan joy olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur 10 ta davlat hissasi O‘zbekistonning yanvar–iyun oylaridagi umumiy eksportining 52,8 foizini tashkil etgan.


























Izohlar 0
…