O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

2026 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Ko‘rsatkich aholini ro‘yxatga olish natijalari hisobga olingan holda shakllantirilgan.
O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, mamlakat aholisi 692,2 ming kishiga ko‘paygan. Bu 1,8 foizlik o‘sishni anglatadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu yerda 4 million 462 ming 783 kishi istiqomat qiladi. Farg‘ona viloyati 4 million 293 ming 1 kishi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Aholi soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni quyidagi hududlar egallagan:
• Toshkent viloyati: 3 799 043 kishi
• Qashqadaryo viloyati: 3 746 228 kishi
• Andijon viloyati: 3 574 464 kishi
• Toshkent shahri: 3 278 512 kishi
• Namangan viloyati: 3 190 767 kishi
• Surxondaryo viloyati: 3 030 030 kishi
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 2 166 044 kishi
• Xorazm viloyati: 2 162 068 kishi
• Buxoro viloyati: 2 125 129 kishi
• Jizzax viloyati: 1 545 176 kishi
Aholi soni eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, bu yerda 965,4 ming kishi yashaydi.































Izohlar 0
…