O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–avgust oylarida 811,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘p.
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi mamlakatda yoqilg‘i-energetika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 8 oylik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Hisobot davrida boshqa asosiy energetika resurslari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘ldi:
• Dizel yoqilg‘isi — 834,3 ming tonna;
• Tabiiy gaz — 24,2 mlrd kub metr;
• Ko‘mir — 4,4 mln tonna;
• Gaz kondensati — 648,3 ming tonna;
• Neft — 425 ming tonna.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmida yillik o‘sish 4,6 foizni tashkil etgan.

























Izohlar 0
…