Bir kilogramm palov qaysi hududda eng qimmatga tushmoqda?

Bir kilogramm palov qaysi hududda eng qimmatga tushmoqda?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda 2026 yil oktyabr oyi uchun e’lon qilingan «Palov indeksi»ga ko‘ra, bir kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar qiymati eng qimmat Toshkent shahrida 134 146 so‘mni, eng arzon Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 113 356 so‘mni tashkil etdi.
  • Mazkur hisob-kitoblar palov tayyorlash uchun zarur bo‘lgan guruch, mol go‘shti, sabzi, piyoz, kungaboqar yog‘i, no‘xat, zira va tuz narxlari asosida shakllantirilgan.

O‘zbekistonda sevib iste’mol qilinadigan milliy taom — palovning bir kilogrammini tayyorlash qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil oktyabr oyi uchun «Palov indeksi»ni e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, oktyabr oyida bir kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan mahsulotlarning hisoblangan qiymati Toshkent shahrida 134 146 so‘mni tashkil etgan. Bu mamlakat hududlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Aksincha, eng past qiymat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan bo‘lib, bu yerda bir kilogramm palov tayyorlash 113 356 so‘mga baholangan.

Hududlar kesimida bir kilogramm palovning hisoblangan qiymati:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 113 356 so‘m;

  • Andijon viloyati — 119 239 so‘m;

  • Buxoro viloyati — 124 523 so‘m;

  • Jizzax viloyati — 122 467 so‘m;

  • Qashqadaryo viloyati — 125 760 so‘m;

  • Navoiy viloyati — 123 925 so‘m;

  • Namangan viloyati — 122 459 so‘m;

  • Samarqand viloyati — 126 747 so‘m;

  • Surxondaryo viloyati — 125 231 so‘m;

  • Sirdaryo viloyati — 118 194 so‘m;

  • Toshkent viloyati — 127 769 so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 130 411 so‘m;

  • Xorazm viloyati — 123 885 so‘m;

  • Toshkent shahri — 134 146 so‘m.

Qayd etilishicha, mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirishda palov tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asosiy masalliqlar narxi inobatga olingan. Jumladan, bir kilogramm guruch, 700 gramm mol go‘shti, bir kilogramm sabzi, 300 gramm piyoz, 300 millilitr kungaboqar yog‘i, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira hamda 20 gramm tuz qiymati hisobga kiritilgan.

Shuningdek, joriy ko‘rsatkichlarni avvalgi davr bilan taqqoslash ham qiziq natijalarni ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, 2026 yil iyun oyida bir kilogramm palov tayyorlashning hisoblangan qiymati Toshkent shahrida 126 807 so‘m, Farg‘ona viloyatida 123 759 so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 105 215 so‘mni tashkil etgan edi.

Ma’lumot uchun, «Palov indeksi» O‘zbekistonda 2020 yil yanvar oyidan buyon yuritib kelinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich palov tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar narxi asosida shakllantiriladi.

Muhim jihati shundaki, e’lon qilingan raqamlar hududlarda restoran, oshxona yoki boshqa umumiy ovqatlanish maskanlarida sotilayotgan tayyor palovning narxini anglatmaydi. Ular faqat bir kilogramm palov tayyorlash uchun zarur masalliqlarning hisoblangan qiymatini ifodalaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar