Toshkentda avtobus kutish vaqti qisqargani aytilmoqda

Toshkentda avtobuslar o‘rtacha 8–10 daqiqada kelmoqda. Bu haqda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoat transporti qatnovi yo‘nalishlarga qarab farq qiladi. Yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanadigan ayrim yo‘nalishlarda avtobuslar har 6–8 daqiqada harakatlansa, boshqa yo‘nalishlarda kutish vaqti 12–14 daqiqagacha yetadi.
Omarovning ta’kidlashicha, avvallari yo‘lovchilar avtobus kelishini 20–30 daqiqalab kutishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, hozir bunday uzoq kutish davri ortda qolgan.
Shu bilan birga, qatnov oralig‘i barcha yo‘nalishlarda bir xil emas. Shu sababli yo‘lovchilarning kutish vaqti tanlangan yo‘nalish va avtobuslar harakat jadvaliga qarab o‘zgarishi mumkin.































Izohlar 0
…