Toshkentda 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Toshkent shahrida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlandi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkich bilan bir xil.
- Poytaxtda joriy yilning to‘qqiz oyida 41 993 nafar tirik chaqaloq dunyoga kelib, onalar o‘limi bilan bog‘liq 5 ta holat qayd etildi.
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Toshkent shahrida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. O‘tgan yilning shu davrida ham mazkur yosh toifasida 7 ta holat qayd etilgan.
Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 13 noyabrdagi qarorida keltirilgan. Hujjatda poytaxtda aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlar tahlil qilingan.
Hisobotga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida ikki yil ichida qayta farzand ko‘rgan ayollar soni 2054 nafarni tashkil etgan. Bu 2025 yilning mos davridagi 1921 nafar ko‘rsatkichdan 133 nafarga ko‘p.
To‘rtinchi va beshinchi farzandini dunyoga keltirgan ayollar soni esa 3149 nafar bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 nafarga kam.
Shuningdek, 35 yoshdan katta ayollar o‘rtasida 2898 ta tug‘ruq qayd etilgan. 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida bu ko‘rsatkich 2758 tani tashkil qilgan.
Hisobotda poytaxtda 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 41 993 nafar tirik chaqaloq tug‘ilgani ko‘rsatilgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 47 703 nafar ko‘rsatkichdan 5710 taga kam. Biroq Milliy statistika qo‘mitasining ochiq ma’lumotida Toshkent shahri bo‘yicha 41 127 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Shu bilan birga, hisobot davrida onalar o‘limi bilan bog‘liq 5 ta holat kuzatilgan. 2025 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 6 tani tashkil etgan. Onalar o‘limi koeffitsiyenti esa har 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 11,9 darajasida qolgan.
Kengash qarorida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida homiladorlik holatlarining oldini olish bo‘yicha ta’lim muassasalari, mahallalar va oilalar bilan profilaktika ishlarini tashkil etish vazifasi ham belgilangan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…