23:15 / 03.10.2018
6 802

Nega sirtqi va kechki taʼlim kontrakt toʻlovi buncha qimmat?

Nega sirtqi va kechki taʼlim kontrakt toʻlovi buncha qimmat?
Kontraktlar narxining balandligi haqida gap ketganda, vazirlikning bergan rasmiy tushuntirishi yodimizga tushadi, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Unda aytilganidek, talabalar toʻlaydigan kontraktlarning katta qismi, yaʼni 45-80 foizi talabaning oʻziga stipendiya tariqasida qaytariladi. Masalan, - deydi vazirlik, - talaba “aʼlo” bahoga oʻzlashtirsa jami 7,5 mln.soʻm stipendiya oladi.

Yaxshi, tushundik.

Lekin boshqa savol: unda nima uchun sirtqi va kechki taʼlimda oʻqiydigan talabalarga stipendiya toʻlanmaydiyu, lekin baribir kontrakt narxi kunduzginiki bilan bir xil?

2004 yil 10 mart kuni tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada stipendiyalar faqat kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalarga toʻlanishi belgilangan. Aytgancha, mavzudan tashqari boʻlsa ham aytay, stipendiya toʻlash haqidagi yoʻriqnomaning 14 yildan buyon faqat rus tilidagi matni mavjud, oʻzbek tilidagisi yoʻq. Shunchaki sharmandalik deyman, bunaqa holatlarni. Mayli, “revenons a nos moutons” (fr.), boshqacha aytganda “qoʻy mavzusiga qaytamiz”.

Demak, sirtqi va kechki taʼlimda oʻqiyotgan talabalarga qoida boʻyicha stipediya toʻlanmasligi oydinlashdi. Lekin kontrakt narxlari ular uchun ham eng arzoni 8 mln 293 ming soʻm, eng qimmati 11 mln 58 ming soʻm etib belgilangan.

Nima uchun kunduzgi shaklda tahsil olayotganlar xuddi shuncha toʻlab stipendiya oladiyu, sirtqi va kechki taʼlimdagilar olmaydi? Qani mantiq? Qani ijtimoiy adolat?

Boz ustiga sirtqi taʼlimdagilar doim ham oʻqishga kelishmaydi, yaʼni ularga kamroq xarajat ham ketadi. Ammo kontrakti otni kallasiday.

Biz ushbu jumboqli masalaga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan yana bir marta asoslantirilgan izoh kutib qolamiz, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nega sirtqi va kechki taʼlim kontrakt toʻlovi buncha qimmat?