Shavkat Mirziyoyev Gullar festivalida qatnashdi va Namanganning yangi rekordini ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida an’anaviy Gullar festivalida ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda festival ko‘lami sezilarli darajada kengaydi. Agar 2018 yilda tadbir 3 kun davom etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib uning davomiyligi 40 kunga yetdi. Natijada xorijiy sayyohlar soni 25 ming nafardan 800 ming nafargacha oshdi.
Joriy yilgi 65-xalqaro Gullar festivali 24 maydan 12 iyulgacha davom etadi. Festival doirasida Namangan shahri aholisi tomonidan 29 milliondan ortiq gul ko‘chati qo‘lda ekilib, bu natija rasman "Ginnessning rekordlar kitobi"ga kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, shaharning 45 ta mahallasi gulchilikka ixtisoslashtirilgan. Bu jarayonga 16 ming xonadon jalb qilinib, 21 ming nafar aholining bandligi ta’minlangan.
Prezident festival doirasida yaratilgan gul kompozitsiyalari, mavzuli maydonlar va ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirib, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan aholi, tadbirkorlar va mehmonlarni qutladi.






























Izohlar 0
…