07:00 / 14.08.2020
1 760

13 avgustda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday kechdi?

13 avgustda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday kechdi?
SSV xabariga ko‘ra, joriy yilning 13 avgust kuni mamlakatimizda 669 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyati 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 554 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 33 323 nafar bemordan 27 213 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)