
23 sentyabrda bo‘ladigan Janubiy Koreya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan avval mehmonlar ustozi Luis Fernando Suares rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar bilan muloqot qildi.
"Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynash yoqimli. Jamoamizda vaziyat yaxshi, deyarli barcha sog‘. Ushbu o‘yinni o‘rtoqlik o‘yini deb bo‘shash xato bo‘ladi, chunki jahon chempionati boshlanishiga oz qoldi. Terma jamoada yosh futbolchilar ko‘p. Ertangi o‘yinda yaxshi natija qayd etish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz.
Janubiy Koreyaning kuchi? Ular juda yaxshi jamoa. Biz Qatardagi mundialda Yaponiyaga qarshi o‘ynaymiz, shunday ekan Koreya bilan bahs jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Koreyaliklar safida Yevropada o‘ynaydigan futbolchilar yetarlicha. Ularga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Ushbu to‘qnashuv jamoamiz kuchini ko‘rsatib beradi.
Son Xyon Minni to‘xtata olsak uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Chunki juda kuchli futbolchi va ayni damda yaxshi formada. Uni o‘yindan uzib qo‘yishga harakat qilamiz, lekin Janubiy Koreya bir futbolchiga bog‘lanib qolgan jamoa emas" - deydi Kosta-Rika ustozi Luis Fernando Suares.
Kosta-RikaJanubiy KoreyaO‘yinTerma JamoaLuis Fernando SuaresYosh Futbolchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar