
Superliga klublari bo‘lajak mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" Malayziyaning "Kedax Darul Aman" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
60-daqiqada malayziyaliklar hisobni ochishdi. Shundan keyin zaxiradan tushirilgan Husayn Norchayev 81 va 83 daqiqalarda gol urib "Nasaf"ga irodali g‘alabani taqdim etdi.
"Nasaf" - "Kedax Darul Aman" 2:1
Gollar: H.Norchayev 81, 83 (pen.) - Villian Lima 60
"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev (Azamat Soibov), 2.Alibek Davronov (Sherzod Nasrullayev), 15.Jo‘rabek Mannonov (Husniddin Aliqulov), 17.Suhrob Nurulloyev (Javohir Sidiqov), 22.Shohmalik Komilov (Zafarmurod Abdirahmatov), 23.Sardor Sa’dullayev (G‘olib G‘aybullayev), 24.Nodirbek Mukarov, 25.Azizbek Amonov (Husayn Norchayev), 28.Shuhrat Muhammadiyev (Oybek Bozorov), 29.Muhammadjon Rahimov (Umar Eshmurodov), 70.Abubakr-Rizo Turdialiyev (Akmal Mozgovoy).
“Kedax Darul Aman”: 22.Kalamullah Al Xafiz, 3.Rodney Kelvin, 4.Bojan Siger, 6.Amirbek Jo‘raboyev, 8.Manuel Gelito, 9.Willian Lira, 10.Tuck Leye, 11.Muhammad al hafiz, 18.Van Amirul Afiq, 27.Muhammad Arif, 88.Manuel Federiko Gasparini.
SuperligaNasafKedax Darul AmanO‘rtoqlik O‘yiniRo‘ziqul BerdiyevHusayn Norchayev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar