20:41 / 29.08.2023
152

Superliga. "Nasaf" safarda "Surxon" ustidan g‘alaba qozondi

Superliga. "Nasaf" safarda "Surxon" ustidan g‘alaba qozondi

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Ajdarlar"dan Jambuli Jigauri va Akmal Mozgovoylar to‘p kiritgan bo‘lsa, termizliklar to‘purari Silvanus Nimeli ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Surxon" – "Nasaf" 1:2

Gollar: 0:1 — 20, Jambuli Jigauri (Azizbek Amonov), 0:2 — 71, Akmal Mozgovoy (G‘olib G‘aybullayev), 1:2 — 80, Silvanus Nimeli (Tamirlan Jamalutdinov)

"Surxon": 13.Azizxon Isakov, 3.Sunnatullox Hamidjonov, 4.Shahzod Tairov, 5.Azizbek Pirmuhammadov (17.Jahongirbek Abdusalomov, 72), 6.Artyom Sokol (55.Shohjahon Sultonmurodov, 65), 8.Humoyun Sherbo‘tayev, 15.Diyor Ramazonov (2.Bobirjon Asqarov, 65), 18.Silvanus Nimeli (s), 19.Nuriddin Hasanov (27.Asilbek Jumayev, 65), 25.Behzod Shamsiyev, 77.Asadbek Karimov (10.Tamirlan Jamalutdinov, 65)

Zaxira: 35.Shohruhjon Eshbo‘tayev, 9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 66.Behruz Shaydulov, 99.Komron Saydazimov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 9.Javohir Sidiqov (2.Alibek Davronov, 74), 18.Bahrom Abdurahimov (7.Akmal Mozgovoy, 69), 21.Doniyor Narzullayev (19.Mateus Lima, 46), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri (88.Marko Stanoyevich, 69), 77.Oybek Bozorov (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 69), 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov.

Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov, 17.Suhrob Nurulloyev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov.

Ogohlantirish: Sherzod Nasrullayev (75), Behzod Shamsiyev (84)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" safarda "Surxon" ustidan g‘alaba qozondi