09:29 / 17.12.2023
179

Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi jang qildi.

AQSHning Arizona shtatida joylashgan DeSert Diamond arenasida tashkil etilgan boks oqshomi 8-raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi.

12 raundga mo‘ljallangan jangda Ahmadaliyev raqibini 8-raundda texnik nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Murodjon bundan oldin faoliyatida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan. Shu tariqa Gonsales faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.



Murodjon Ahmadaliyev, Kevin Gonsales, texnik nokaut

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi
ePN