
AQSHning Las-Vegas shahri “UFC Fight Night 236” turniriga mezbonlik qildi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu turnirda o‘zbekistonlik Bogdan Guskov ham oktagonga ko‘tarildi. U AQSH vakili Zak Pauga bilan bahs yuritdi.
Quvonarlisi, yurtdoshimiz 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, UFCdagi g‘alabali odimini boshlab oldi. Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Quyida, to‘liq “Fayt-kard” bilan tanishishingiz mumkin:
Asosiy kard:
Jek Xermansson (Shvetsiya, 24-8) — Jozef Payfer (AQSH,12-3) - hakamlarning yakdil qarori bilan (48–47, 48–47,48–47) Xermansson g‘alaba qozondi.
Den Ige (AQSH, 18-7) — Andre Fili (AQSH, 23-11) - Ige 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Igor Poterya (Ukraina, 20-5) — Robert Brichek (Polsha,17-6) - Poterya (30–27, 30–27, 29–28) hisobida g‘alaba qozondi.
Gregori Rodriges (Braziliya,15-5) — Bred Tavares (AQSH,20-9)- Rodriges 3-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.
Maykl Djonson (AQSH, 22-19) — Darrius Flauers (AQSH,12-7-1) - Jonson ochkolarga ko‘ra (30–27, 30–27, 30–27) g‘alaba qozondi.
Armen Petrosyan (Armaniston,9-3) — Rodolfu Viyeyra (Braziliya, 10-2) - Viyeyra 1-raundda og‘ritish uslubi bilan zafar quchdi.
Prelim kard:
Trevin Jayls (AQSH,16-6) — Karlos Prates (Braziliya,18-6) - Prates 2-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Tima Kuambu (AQSH, 8-3) — Boladji Oki (Belgiya,9-1) - Oki ochkolarga ko‘ra (28–29, 29–28, 29–28) zafar quchdi.
Bruna Brazil (Braziliya,9-4-1) — Loma Lokbonmi (Tailand,9-3) - Lokboni ochkolarga ko‘ra (29–28, 29–28, 29–28) g‘olib chiqdi.
Devin Klark (AQSH,14-9) — Marchin Praxnio (Polsha,17-7) - Praxino hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra(30–27, 30–27, 30–27) hisobida g‘alaba qozondi.
Maks Griffin (AQSH,20-10) — Jeremayya Uells (AQSH,12-4-1) - Griffin hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra, (29–28, 28–29, 29–28) g‘alaba qozondi.
Bogdan Guskov (O‘zbekiston,15-3) — Zak Pauga (AQSH,6-3) - Guskov 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Ferni Garsiya (AQSH,10-5) — Xayder Emil (AQSH,10-0) -Emil 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Daniel Markos (Peru,15-0) — Silen Aori (Xitoy, 25-11) - Taqiqlangan zarba tufayli, ushbu jang bo‘lmadi, deya hisoblandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar