Foto: Getty Images
Ikki karra Olimpiada chempioni, professional boksning minimal vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turgan Hasanboy Do‘stmatov keyingi jangida chempionlik kamari uchun ringga chiqish niyatida ekanini aytib o‘tgan.
“Men barcha unvonlarga erishib bo‘ldim, barcha turnirlarda g‘olib chiqdim. Ikki karra Olimpiya chempioni hamda Vel Barker kubogi sohibiman. Ehtimol bu orqali havaskor boks tarixidagi eng so‘nggi bokschiga aylangandirman.
Agar men erishmoqchi bo‘lgan biror yutuq bo‘lsa, bu professional ringda jahon chempioni bo‘lishdir. Men minimal vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoniga majburiy da’vogarman. Jamoam bilan chempion bilan jang o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilyapman”, dedi 31 yoshli o‘zbekistonlik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, oy boshida WBA eng yaxshi bokschilarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Hasanboy bir yil davomida professional janglarda ishtirok etmaganiga qaramay, minimal vaznda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari