Timur Kapadze safardan koʻzlangan maqsadi, terma jamoa, yordamchilari va Xusanov haqida (intervyu)

2 daqiqa o'qish12.4K
Timur Kapadze safardan koʻzlangan maqsadi, terma jamoa, yordamchilari va Xusanov haqida (intervyu)
Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni paytda Antaliyada boʻlib turibdi. Bu yerda qator Superliga klublari yangi mavsum uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishyapti. Kuni kecha “Andijon” ishtirokidagi uchrashuvni kuzatish uchun kelgan Kapadze bilan biroz suhbatlashdik.

- Antaliya safaridan koʻzlangan maqsadingiz qanday?
- Bilasiz, klublarimiz hozirda Antaliyada yangi mavsumga tayyorlanishyapti. Ularni koʻrish uchun keldim. Tayyorgarlik jarayonlarini kuzatish va oʻyinlar boʻyicha murabbiylar bilan gaplashib kim qanday vaziyatdaligini bilib boryapman. Oʻzim ham koʻzim bilan kuzatib, selektsiya qilib boryapman. Tushunib turibman, hozir jamoalar va futbolchilar maksimal formada emaslar. Deyarli har kuni ikki-uchta jamoamiz oʻynayapti. Iloji boricha har bir uchrashuvga borib, ularni koʻrib, qanday holatdaligini bilib, murabbiylarga oʻzim qiziqtirgan savollarni beryapman.

- Yaqinda terma jamoamiz ustozi sifatida Qatarda yigʻin oʻtkazib qaytdingiz. Bosh jamoamizdagi ishni qanday boshlab oldingiz?
- Oʻzlaring koʻrdinglar, hammasi tez yuz berdi. Vaqt ham tigʻiz edi. Birinchi vazifam tahlil qilish edi. Yigʻinga chaqirilgan futbolchilarni oʻzimizni belgilangan talablar boʻyicha koʻrib oldik. Bilasiz, mart oyida asosiy oʻyinlarimiz turibdi. Bu yigʻin men uchun foydali boʻldi. Chunki kirishib ketish va nimanidir toʻgʻrilash uchun vaqtimiz boʻladi va yana nimadir qoʻshish kerak boʻlsa, buni ham qoʻshamiz. Umuman, men uchun foydali boʻldi. Hammasi joyida. Terma jamoamiz uchun yangi odam emasman. Yigʻinlarni koʻrdim, kuzatdim.

- Katanesning yordamchi murabbiylarini shtabingizda olib qoldingiz. Bu sizni qaroringizmidi?
- Oʻzimni qarorim edi. Ular anchadan beri terma jamoada ishlashyapti. Qatar yigʻini oldidan ham ular mashgʻulotlar uchun programmalarni tuzishgan. Yigʻin davomida gaplashib, qanday va nima, savollar beraman. Chunki men mart oyidagi asosiy oʻyinlarni oʻyladim va deyarli vaqtimiz boʻlmaydi, nimanidir oʻzgartirishga. Terma jamoadagi murabbiylar ham ancha mehnat qilishdi. Oʻzlarini xohishlarini ham bildim. Futbolchilar bilan gaplashdim, oʻzim ham koʻrdim. Deyarli barchasi joyida boʻlganligi uchun shunday qarorga keldim.

- Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtgani terma jamoamizga ham foydali va uning ustozi sifatida nima deya olasiz?
- Juda xursand boʻldim, bu zoʻr. Barcha quvondi. Oʻzbek futbolchisini jahonning eng yaxshi klublaridan biri taklif qilgani va boʻlib ham Gvardiolaning oʻzi chaqirgani Abduqodirga berilgan baho deb bilaman. Oʻylaymanki, bu endi boshlanishi. Xusanovni salohiyati yetarli. Uni bejizga olishmadi. Bizni futbolimizga ham katta plyus boʻldi, deb oʻylayman. Agentlar yoki tanishlarimdan eshityapmanki, Angliyada yana boshqa oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlarga e'tibor qaratilgan. Bu reklama uchun ham zoʻr. Abduqodir bundan keyin keladigan yoshlarga yoʻl ochib berdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?