Maykl Ouen: Yangi mavsumda "Manchester Siti" chempion bo‘lolmaydi

1 daqiqa o'qish656
Maykl Ouen: Yangi mavsumda "Manchester Siti" chempion bo‘lolmaydi

Yevropa futbolida yana bir qiziqarli taxmin – ingliz futbolining sobiq yulduzi, “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning mashhur hujumchisi Maykl Ouen yangi mavsumda qaysi jamoa chempionlikka erishishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi, deb yozadi angliya nashrlari.

Ouenga ko‘ra, “Manchester Siti” yangi mavsumda ham Angliya Premyer-ligasini yuta olmaydi. “Shaharliklar” o‘tgan mavsumda kutilmagan natijalar qayd etishdi va jamoada sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. So‘ngi transferlar davomida taklif qilingan futbolchilar jamoaga moslashishi uchun ma’lum vaqt talab etiladi. Shu sabab, Maykl Ouen yangi mavsumda “Siti” chempion bo‘ladi, deb o‘ylamaydi.

Mashhur sobiq futbolchi o‘z fikrida “Liverpul” jamoasiga ishonch bildirdi. “Men “Liverpul”dan katta natija kutaman. Agar kutilmagan vaziyatlar ro‘y bersa, “Arsenal” chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin. “Chelsi”da ham kichik imkoniyat bor, biroq mening fikrimcha, “Manchester Siti” bu safar chempionlik poygasida g‘olib chiqmaydi”, – deya ta’kidladi Maykl Ouen.

Eslatib o‘tamiz, “Siti” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi. Yangi mavsumdagi har bir o‘yin muxlislar va ekspertlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda – chempionlik uchun kurash yanada keskin tus oladi.

Yangi mavsumda qaysi jamoa favorit sifatida namoyon bo‘lishi va oldinga chiqishi vaqt o‘tishi bilan aniq bo‘ladi. Muxlislar esa o‘z sevimli jamoalariga muhim pallada kuchli qo‘llab-quvvatlash berishni davom ettirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?