date

“Buxoro” va “Paxtakor” O‘zbekiston kubogi finalida yuzma-yuz to‘qnashadi

“Buxoro” va “Paxtakor” O‘zbekiston kubogi finalida yuzma-yuz to‘qnashadi

O‘zbekiston kubogining yarimfinal bosqichi haqiqiy dramatik to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi. Avvalo, Buxorodagi bahsda mahalliy “Buxoro” o‘z maydonida “So‘g‘diyona” ustidan murakkab va hissiyotlarga to‘la g‘alabaga erishib, tarixida ilk bor finalga yo‘llanma oldi.

Uchrashuvni juda faol boshlagan mezbonlar 16-daqiqada Dominik Begichning goli orqali hisobni ochdi. 28-daqiqada esa Frane Ikich tomonidan urilgan gol ustunlikni mustahkamladi. Birinchi bo‘limda ustunlikni qo‘lga kiritgan “Buxoro” ikkinchi taymda kutilmagan holatga duch keldi.

72-daqiqada Jasur Jaloliddinov hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida – 90+1-da Filip Ivanovich bosh bilan aniq zarba yo‘llab, natijani tenglashtirdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, bahs qo‘shimcha taymlarga o‘tdi. Qo‘shimcha o‘yinlarning 117-daqiqasida Nodirbek Ahmadjonov uzoq masofadan yo‘llagan kuchli va aniq zarbasi bilan “Buxoro”ga tarixiy g‘alabani ta’minladi. Bu gol nafaqat uchrashuv taqdirini, balki klub tarixini ham belgilab berdi.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal

«Buxoro» — «So‘g‘diyona» 3:2

25 sentyabr, Buxoro. «Buxoro FA» stadioni

Gollar: Begich (16), Ikich (28), Ahmadjonov (117) — Jaloliddinov (72), Ivanovich (90+1).

Buxoro — Boymurodov, Po‘latov, Qulmatov, Xayrullayev (Jo‘rayev, 77), Amonov, Ro‘ziyev, Tabatadze (To‘pliyev, 70, Yo‘ldoshev (Tomashevich, 77), Begich (Jo‘rabekov, 56), Kolakach, Ikich.

So‘g‘diyona — Mitrovich, Jo‘raboyev, Qobilov (Abdurahmonov, 31) (Nurmatov, 87)), Mustafoqulov, Izzatov (Jaloliddin, 31), Mavlonqulov (Xebay, 68), Ivanovich, Doriyev, Qahramonov, Soyibov (Erkinov, 87), Rahmonov.

Shu tariqa, “Buxoro” ilk bor O‘zbekiston kubogi finalida to‘p suradi va hal qiluvchi bahsda unga poytaxtning mashhur klubi – “Paxtakor” raqib bo‘ladi.

Toshkentdagi ikkinchi yarimfinalda “Paxtakor” va “Dinamo” keskin kurash olib bordi. Butun o‘yin va qo‘shimcha daqiqalarda hisob ochilmagani uchun g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. “Sherlar” 4:2 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal

«Paxtakor» — Dinamo 0:0 (pen. 4:2)

25-sentyabr, Toshkent. «Jar» stadioni

Paxtakor — Nazarov, Alijonov, Abdumajidov, Tahsin (Hamraliyev, 77), Saitov, Bo‘riyev, Sobirxo‘jayev, Ibragimov, Turg‘unboyev (Hamdamov, 77), Resan, Sergeev.

Dinamo — Nemanov, O‘rozov, Jumaboyev, Kuchurenko, Qodirqulov, Ratino, Pletniyov (O‘rmonjonov, 88), Fraydey, Abdusalomov, Abdurahmonov, Hojimirzayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi 29-oktyabr kuni Andijondagi “Bobur Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu bahsda “Buxoro” o‘zining orzuli finaliga chiqsa, “Paxtakor” esa navbatdagi kubok uchun maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Buxoro” va “Paxtakor” O‘zbekiston kubogi finalida yuzma-yuz to‘qnashadi