Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida «Portu»ga qarshi o‘yinda qanday baholandi?

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida «Portu»ga qarshi o‘yinda qanday baholandi?

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasi doirasida «Portu»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi. O‘zbekistonlik himoyachi 48-daqiqada Yoshko Gvardiol o‘rniga o‘yinga qo‘shildi.

Husanov uchrashuvda qariyb bir taym harakat qildi. Statistik platformalardan biri bo‘lgan Sofascore uning harakatlarini 6,8 ballga baholadi.

«Manchester Siti» Portugaliyadagi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikki gol ham Erling Xoland tomonidan kiritildi. Norvegiyalik hujumchi 47-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urdi.

Uchrashuv yakunida «Manchester Siti» futbolchilarining o‘rtacha bahosi 7,02 ballni tashkil etdi. Husanov esa 6,8 ball bilan baholandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar