Ronaldu «Suv iching» dedi — Coca-Cola 4 mlrd dollar yo‘qotdi

Ronaldu «Suv iching» dedi — Coca-Cola 4 mlrd dollar yo‘qotdi

2021 yilda Krishtianu Ronalduning bir necha soniyalik harakati butun dunyoda shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Yevro-2020 matbuot anjumanida futbolchi oldida turgan ikki shisha Coca-Cola'ni chetga surib, o‘rniga suvni ko‘tardi va «suv» ma’nosidagi «Água!» deb aytdi. U shu orqali suv ichishni afzal ko‘rishini ochiq namoyish qildi.

Shundan so‘ng Coca-Cola aksiyalari qiymati 1,6 foizga pasaydi. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi taxminan 242 milliard dollardan 238 milliard dollarga tushdi. Natijada OAV Ronalduning harakatini Coca-Cola'ning bir necha soat ichida 4 milliard dollarlik bozor qiymatini yo‘qotishi bilan bog‘ladi.

Biroq ekspertlar bu pasayishni faqat Ronalduning harakati bilan izohlash to‘g‘ri emasligini ta’kidlagan. Aksiyalar narxiga bozordagi boshqa omillar ham ta’sir qiladi.

Shunga qaramay, voqea Ronalduning qanchalik katta ta’sir kuchiga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Futbolchining oddiy bir ishorasi butun dunyo OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar