date

«Navbahor»dan 9 nafar futbolchi ketdi: klub bayonoti

«Navbahor»dan 9 nafar futbolchi ketdi: klub bayonoti

«Navbahor» futbol klubi matbuot xizmati jamoadan 9 nafar futbolchi ketgani haqida ma’lumot berdi. Klubning bayonotida, hozirda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus payti tufayli, jamoalar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy ekanligi aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, yakunlangan mavsumda «Navbahor» sharafini himoya qilgan futbolchilardan: Umidjon Ergashev, Igor Gabriyel, Augusto Pedro, Rian Islamov, Gilerme Gudesh, Julio Cezar, Jamshid Boltaboyev, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov jamoani tark etgan.

Klub ularga «Navbahor»dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Shunday qilib, jamoa yangi mavsumga yangi qo‘shilgan futbolchilar bilan tayyorgarlik ko‘rishga harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Navbahor»dan 9 nafar futbolchi ketdi: klub bayonoti