Georgiy Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkin bo‘ldi

Moskvaning «Spartak» klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyaning «Antalyaspor» jamoasidan ketishi ehtimoli bor. Bu haqda «Mash na sporte» telegram-kanali xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Sami Ug'urlu tarkibda yosh futbolchilarga ko‘proq ishonch bildirishni tanlagan. Shu sababli Djikiyaning klubdagi kelajagi savol ostida qolgan.
Qolaversa, turk klubi rossiyalik futbolchi bilan uning yuqori maoshi tufayli ham xayrlashishi mumkin. Djikiyaning yillik maoshi 800 ming yevroni tashkil etadi.
U tajribali himoyachi sifatida «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!