O'zbek dzyudochilari jahon reytingida yuqori pog'onalarga ko'tarildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi "OTP Group Tashkent Grand Slam 2026" musobaqasi yakunlari bo'yicha sportchilarning yangilangan jahon reytingini e'lon qildi. Poytaxtimizda o'tgan nufuzli turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'zbekistonlik dzyudochilar o'z ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilab olishdi.
Ayniqsa, faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri chempionligini qo'lga kiritgan Shukurjon Aminova katta sakrashni amalga oshirdi. U 1000 reyting ochkosini qo'lga kiritib, 15 o'rindan 8 o'ringa ko'tarildi. Shuningdek, Shahram Ahadov, Alisher Yusupov, Umar Bozorov, Murodjon Yo'ldoshev, Ernazar Sarsenbayev, Muzaffarbek To'raboyev, Laziza Haydarova, Ulbusin Hakimova, So'g'diyona Rafkatova, Umida Nig'matova hamda Fotima Kuramboyevalar o'z vazn toifalarida yuqorilab, kuchli dzyudochilar safida o'z o'rinlarini mustahkamladilar.
O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyati kelgusi xalqaro musobaqalarda yanada yuqori natijalarni qayd etishlari uchun muhim zamin yaratadi. Hozirda dzyudochilarimiz navbatdagi nufuzli turnirlarga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqdalar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!