date

Rodri qo'shnilari bilan janjallashib qoldi

Rodri qo'shnilari bilan janjallashib qoldi

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri noxush vaziyatga tushib qoldi. Angliyaning Salford shahridagi ko'p qavatli uylardan birida yashovchi qo'shnilar futbolchini shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlikda ayblab, politsiyaga murojaat qilishdi. Ma'lum bo'lishicha, "Oltin to'p" sohibi o'z dronini qo'shnilarining derazalari yaqinida uchirib, ularning tinchini buzgan. Bu haqda goal.com xabar beradi.

Mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, Rodri kechki paytlarda dron yordamida yuqori qavatdagi xonadonlarni kuzatib yurgan. Dronning yashil chiroqlari va shovqini aholini bezovta qilgan. Jabrlanuvchilardan biri dron derazadan atigi bir metr masofada paydo bo'lganini aytib, bu holatdan qattiq xavotirda ekanligini bildirdi. Fuqarolar bu harakatni voyeurizm va aviatsiya qoidalarini buzish deb baholamoqda.

Buyuk Britaniya qonunchiligiga ko'ra, dron uchiruvchilar shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishi va aholiga noqulaylik tug'dirmasligi shart. "Manchester Siti" yulduzi esa ushbu qoidalarga rioya qilmaganlikda gumon qilinmoqda. Ayni damda politsiya xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, ispaniyalik futbolchiga jarima solinishi yoki rasmiy ogohlantirish berilishi mumkin.

Rodri 2019 yilda "Atletiko Madrid"dan "Manchester Siti" safiga o'tganidan buyon maydonda o'zini ko'rsatib kelmoqda. Biroq, bu kabi noxush voqealar futbolchining obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Hozircha futbolchi va uning vakillari vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berishmadi. "Manchester Siti" esa muhim o'yinlar arafasida turgan bir paytda, bu kabi shov-shuvlar jamoa uchun ortiqcha boshog'riq bo'lishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodri qo'shnilari bilan janjallashib qoldi