date

“Xorazm” va “Qo‘qon-1912” bahsi dramatik durang natija bilan tugadi

“Xorazm” va “Qo‘qon-1912” bahsi dramatik durang natija bilan tugadi

Superliganing 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Xorazm” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi tom maʼnoda keskin kurashlarga boy o‘tdi va oxir-oqibat 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Bahsni mezbonlar juda tez boshladi. 5-daqiqada Bubakar Traore raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Xorazm”ni oldinga chiqardi. Bu gol o‘yinga qo‘shimcha ishonch bag‘ishladi.

Biroq mehmonlar tez javob qaytardi. 24-daqiqada Silvanus Nimeli aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi va o‘yinni yana muvozanatga qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim ham yuqori surʼatda boshlandi. 49-daqiqada Sunnatulloh Hamidjonov Rustam Abduhamidovning aniq uzatmasidan so‘ng gol urib, “Xorazm”ni yana oldinga olib chiqdi.

Lekin oradan ko‘p o‘tmay, aynan Hamidjonov omadsiz epizodga to‘qnash keldi — u o‘z darvozasini bilmasdan ishg‘ol qilib qo‘yib, hisobni yana tenglashtirib yubordi.

Shundan keyin ikkala jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi, ammo natija o‘zgarmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Superliga. 7-tur

Xorazm — Qo‘qon-1912 2:2

Gollar: Traore, 5; Hamidjonov, 49 — Nimeli, 24; Hamidjonov, 60 (avtogol).

Xorazm: Stoshich, Otaxonov, Abduxoliqov (Nugmanov, 83), Leri, Lohan, Ortiqboyev, Hamidjonov, Rom, Pirmuhammadov, Abduhamidov (Ismoilov, 65), Traore (Axrorov, 65).

Qo‘qon-1912: Nortojiyev, Toshtemirov, Yoqubov, Gvazava (Salimov, 75), Javohir Husanov (Javohir Sidiqov, 59), Nimeli (Tabatadze, 75), Akramov, Malikjonov, G‘ulomhaydar Gulyamov, Kondratyuk, Muhammadanas Hasanov (Gadoyev, 59).

Ogohlantirishlar: Yoqubov, 11; Hamidjonov, 53; Malikjonov, 79; Toshtemirov, 83.

Ushbu natijadan so‘ng “Qo‘qon-1912” ochkolarini 7taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 9 ochko bilan 8-pog‘onada qolmoqda.

Qiziqarli va tomoshabop o‘yin muxlislarda katta taassurot qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Xorazm” va “Qo‘qon-1912” bahsi dramatik durang natija bilan tugadi