Shveytsariya Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi

2 daqiqa o'qish298
Shveytsariya Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Shveysariya milliy jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e'lon qildi.
  • Ushbu qaydnomadan Gregor Kobel, Manuel Akanji, Granit Jaka va Bril Embolo kabi tajribali hamda yangi avlod vakillari joy oldi.
  • Shveysariya terma jamoasi mundialda Kanada, Qatar hamda Bosniya va Hersegovina bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Shveytsariya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibini ma’lum qildi. Bosh murabbiy Murat Yakin mundial uchun 26 nafar futbolchidan iborat qaydnomani shakllantirdi.

Shveytsariya termasi katta musobaqalarda doim tartibli, intizomli va jismoniy jihatdan puxta tayyorlangan jamoa sifatida namoyon bo‘lib keladi. Bu safargi tarkibda ham tajribali futbolchilar bilan birga yangi avlod vakillari uyg‘unlashgan.

Darvozabonlar qatoriga Gregor Kobel, Marvin Keller va Ivon Mvogo kiritildi. Ayniqsa, Kobelning yuqori darajadagi klub tajribasi jamoa uchun muhim omil bo‘lishi mumkin.

Himoya chizig‘ida Manuel Akanji, Niko Elvedi, Rikardo Rodriges, Silvan Vidmer, Orel Amenda va Eray Jemert kabi futbolchilar bor. Bu yo‘nalishda Murat Yakin tajriba, jismoniy kuch va taktik intizomga tayanadi.

Yarim himoya Shveytsariyaning eng kuchli nuqtalaridan biri bo‘lib turibdi. Granit Jaka, Denis Zakariyo, Remo Froyler, Jibril Sou, Fabian Rider, Ruben Vargas va Dan Ndoy kabi futbolchilar maydon markazida jamoaga barqarorlik va tezkorlik berishi kutilmoqda.

Hujum chizig‘ida esa Sedrik Itten, Bril Embolo va Zeki Amduni qaydnomadan joy oldi. Bu futbolchilardan murabbiylar shtabi hal qiluvchi vaziyatlarda samaradorlik va raqib himoyasiga doimiy bosim kutadi.

Shveytsariyaning JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar:
Gregor Kobel “Borussiya” Dortmund, Marvin Keller “Yang Boyz”, Ivon Mvogo “Loryan”.

Himoyachilar:
Manuel Akanji “Inter”, Niko Elvedi “Borussiya” Myonxengladbax, Miro Muxaym “Hamburg”, Rikardo Rodriges “Betis”, Silvan Vidmer “Mayns”, Luka Xakes “Shtutgart”, Orel Amenda “Ayntraxt”, Eray Jemert “Valensiya”.

Yarim himoyachilar:
Ardon Yashari “Milan”, Denis Zakariyo “Monako”, Granit Jaka “Sanderlend”, Yohan Manzambi “Frayburg”, Jibril Sou “Sevilya”, Mixel Ebisher “Piza”, Remo Froyler “Bolonya”, Kristian Fassnaxt “Yang Boyz”, Fabian Rider “Augsburg”, Noa Okafor “Lids”, Ruben Vargas “Sevilya”, Dan Ndoy “Nottinghem Forest”.

Hujumchilar:
Sedrik Itten “Fortuna”, Bril Embolo “Renn”, Zeki Amduni “Byornli”.

Shveytsariya Jahon chempionatida Kanada, Qatar hamda Bosniya va Hersegovina bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Ushbu guruhda kurash oson bo‘lmasligi aniq, ammo Shveytsariya o‘zining tartibli o‘yini va katta turnirlardagi tajribasi bilan pley-off uchun jiddiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Qisqasi, Murat Yakin mundialga muvozanatli va tajribali tarkib bilan bormoqda. Shveytsariyada yulduzlar juda ko‘p bo‘lmasligi mumkin, ammo bu jamoa doim xarakter, intizom va sovuqqon futbol bilan xavfli. Katta turnirlarda esa aynan shunday jamoalar ko‘pchilikning rejasini buzib qo‘yadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?