Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Jahon chempionatidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Jahon chempionatidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. U O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda ikki gol urdi va mundiallardagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

Shu tariqa, Ronaldu uzoq yillar davomida birinchi o‘rinda turgan Eysebioni ortda qoldirdi. Portugaliya futboli afsonasi Jahon chempionatlarida jami 9 ta gol urgan edi.

Reytingda Pauleta 4 ta gol bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Joze Augushtu, Gonsalu Ramush va Joze Torresh hisobida esa uchtadan gol bor.

Portugaliyaning Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purarlari:

• Krishtianu Ronaldu — 10 ta gol
• Eysebio — 9 ta gol
• Pauleta — 4 ta gol
• Joze Augushtu — 3 ta gol
• Gonsalu Ramush — 3 ta gol
• Joze Torresh — 3 ta gol

Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etib, terma jamoa tarixidagi yana bir rekordni o‘z nomiga yozib qo‘ydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar