Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga qarshi gollari bilan yangi natija qayd etdi

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatida gol urgan eng yoshi katta futbolchilar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Portugaliya terma jamoasi hujumchisi 2026 yilgi mundialda O‘zbekiston darvozasiga gol urgan paytda 41 yoshu 4 oylik edi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Kamerun terma jamoasining sobiq futbolchisi Roje Millaga tegishli. U 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiyaga qarshi o‘yinda 42 yoshu 1 oyligida gol urgan.
Reytingda uchinchi o‘rinni Portugaliyaning yana bir vakili Pepe egallab turibdi. U 2022 yilgi musobaqada Shveysariya darvozasini 39 yoshu 9 oyligida ishg‘ol qilgan.
Lionel Messi esa to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi. Argentina sardori 2026 yilgi Jahon chempionatida Avstriyaga qarshi gol urganida 38 yoshu 11 oylik edi.
Jahon chempionatida gol urgan eng yoshi katta futbolchilar:
• Roje Milla — 42 yosh 1 oy
• Krishtianu Ronaldu — 41 yosh 4 oy
• Pepe — 39 yosh 9 oy
• Lionel Messi — 38 yosh 11 oy
• Gunnar Gren — 37 yosh 7 oy
• Kuautemok Blanko — 37 yosh 5 oy
• Felipe Baloy — 37 yosh 4 oy
• Marko Arnautovich — 37 yosh 1 oy
• Obdulio Varela — 36 yosh 9 oy
• Martin Palermo — 36 yosh 7 oy































Izohlar 0
…