Portugaliya — O‘zbekiston o‘yini turning eng tomoshabop bahslari qatoriga kirdi

1 daqiqa o'qish324
Portugaliya — O‘zbekiston o‘yini turning eng tomoshabop bahslari qatoriga kirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan Portugaliya va O'zbekiston terma jamoalari bahsi tomoshabinlar soni bo'yicha turning eng ommaviy o'yinlari o'ntaligiga kirdi.
  • Xyuston shahridagi «NRG Stadium» arenasida o'tgan mazkur uchrashuvni 68 777 nafar muxlis stadiondan bevosita kuzatib, yettinchi o'rinni egalladi.

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv tomoshabinlar soni bo‘yicha turning eng ommaviy o‘yinlari o‘ntaligiga kirdi.

Xyuston shahridagi «NRG Stadium» arenasida o‘tkazilgan bellashuvni 68 777 nafar muxlis bevosita stadion tribunalaridan kuzatdi. Bu natija Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuviga ikkinchi turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan bahslari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni olib berdi.

Ikkinchi turda eng katta auditoriya Norvegiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qayd etildi. Ushbu bahsni 80 663 nafar muxlis stadiondan tomosha qildi.

Shuningdek, Argentina — Avstriya uchrashuviga 70 649 nafar, Belgiya — Eron bahsiga esa 70 317 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

JCH-2026 ikkinchi turida eng ko‘p muxlis yig‘gan 10 ta o‘yin:

  1. Norvegiya — Senegal — 80 663 nafar

  2. Argentina — Avstriya — 70 649 nafar

  3. Belgiya — Eron — 70 317 nafar

  4. Shveytsariya — Bosniya va Gersegovina — 70 026 nafar

  5. Turkiya — Paragvay — 68 827 nafar

  6. Niderlandiya — Shvetsiya — 68 777 nafar

  7. Portugaliya — O‘zbekiston — 68 777 nafar

  8. Ekvador — Kyurasao — 68 598 nafar

  9. Iordaniya — Aljir — 68 371 nafar

  10. Braziliya — Gaiti — 68 324 nafar

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yevropaliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Portugaliya safida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Nunu Mendesh va Rafael Leau ham bittadan gol urishdi. Yana bir to‘p O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matovning avtogoli sifatida qayd etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?