Vitaliy Denisov O‘zbekistonning muammosi nimada ekanini ochib berdi

1 daqiqa o'qish249
Vitaliy Denisov O‘zbekistonning muammosi nimada ekanini ochib berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekiston milliy jamoasi o'z tarixidagi ilk jahon chempionatining dastlabki ikki uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 va Portugaliyaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
  • Sobiq futbolchi Vitaliy Denisovning ta'kidlashicha, bosh murabbiy Fabio Kannavaroga jamoaga yangi taktik uslubni singdirish hamda shu tizimga mos futbolchilarni tanlab olish uchun yetarlicha vaqt berilmagan.

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixidagi ilk jahon chempionatining dastlabki ikki uchrashuvida kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushdi. Vakillarimiz Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga esa 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Milliy jamoaning sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov ushbu natijalar va bosh murabbiy Fabio Kannavaroning ishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Denisovning ta’kidlashicha, italiyalik mutaxassisga jamoaga yangi taktik uslubni singdirish va aynan shu tizimga mos futbolchilarni tanlab olish uchun yetarlicha vaqt berilmagan.

«Fabio Kannavaroga O‘zbekiston terma jamoasida yangi o‘yin uslubini joriy qilish va shu taktikaga mos futbolchilarni tanlash uchun vaqt yetishmadi. Uch nafar himoyachi bilan o‘ynash tizimiga bir kunda moslashib bo‘lmaydi», — dedi u.

Sobiq futbolchining fikricha, bunday taktik sxema futbolchilardan o‘ziga xos xususiyatlarni talab qiladi. Murabbiylar shtabi esa qisqa vaqt ichida tizimni to‘liq shakllantirish imkoniga ega bo‘lmagan.

«Bu sxema doimiy qo‘llanilishi uchun muayyan fazilatlarga ega futbolchilar kerak. Murabbiylar shtabida esa barchasini to‘liq amalga oshirishga vaqt bo‘lmadi. Nima bo‘lsa, shu bo‘ldi», — deya qo‘shimcha qildi Denisov.

U, shuningdek, Kannavaro o‘rnida boshqa murabbiy bo‘lganida natija albatta o‘zgargan bo‘lardi, degan fikrga qo‘shilmasligini bildirdi.

«Uning o‘rnida boshqa murabbiy ishlaganida natija boshqacha bo‘lardi, deb aniq ayta olmaymiz. Bu savolga hech kim ishonchli javob bera olmaydi», — dedi O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv 28 iyun kuni AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Har ikki jamoa uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?