Jeymi Karrager: «Ispaniya endi men uchun asosiy favorit emas»

Jeymi Karrager: «Ispaniya endi men uchun asosiy favorit emas»

«Liverpul» klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager 2026 yilgi jahon chempionatida uning ishonchini oqlay olmagan jamoa haqida fikr bildirdi.

Karragerning aytishicha, Ispaniya terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yini unda kutilgan taassurotni qoldirmagan.

«Ispaniya meni hafsalamni pir qildi. Ular turnir oldidan yaqqol favorit sifatida ko‘rilgandi, ammo hozir men uchun jahon chempionatining asosiy favoriti emas», — deya uning so‘zlarini keltirdi AS nashri.

Shu bilan birga, angliyalik sobiq futbolchi Ispaniyani chempionlik uchun kurashdan butunlay chiqarib tashlash noto‘g‘ri bo‘lishini ta’kidladi.

Karragerning fikricha, «Qizil furiya»da kuchli tarkib va katta imkoniyatlar bor, ammo jamoa hozircha jahon chempionligiga asosiy da’vogarga xos darajada yorqin futbol namoyish eta olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya guruh bosqichida ikki g‘alaba va bir durang qayd etdi. Jamoa o‘z guruhini birinchi o‘rinda yakunlab, 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar