Toshkentda O‘zbekiston va DR Kongo o‘yini katta ekranlarda namoyish etiladi

28 iyun kuni jahon chempionatining O‘zbekiston va DR Kongo terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi Toshkent shahrining barcha 12 tumanidagi ochiq maydonlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi.
Asosiy va eng katta fan-zona «Bunyodkor» stadionida tashkil qilinadi. Uchrashuv translyatsiyasi Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlanadi.
O‘yinni «Anhor-Lokomotiv», Central Park, «Ashxobod», G‘afur G‘ulom nomidagi, «Do‘stlik», «Furqat» va «G‘alaba» bog‘larida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Yunusobod sport majmuasi, INDEX Park va poytaxt tumanlarining markaziy sayilgohlarida ham katta ekranlar o‘rnatiladi.
Barcha maydonlarga kirish bepul bo‘ladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…