JCH-2026. Argentinada 100%lik natija, «J» guruhida haqiqiy "triller"...

2 daqiqa o'qish231
JCH-2026. Argentinada 100%lik natija, «J» guruhida haqiqiy "triller"...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «J» guruhida uchinchi tur bahslari yakuniga yetib, Argentina terma jamoasi uchta g‘alaba bilan yuz foizlik natija qayd etdi va Iordaniyani 1:3 hisobida mag‘lub etdi.
  • O‘yinda argentinaliklar safidan Jovani Lo Chelso, penaltidan Lautaro Martines hamda Lionel Messi gol urishdi, Iordaniyadan esa al-Tamari bitta to‘p kiritdi va bu jamoa musobaqani tark etdi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «J» guruhida so‘nggi 3-tur bahslari yakunlandi. Lionel Messi boshliq Argentina terma jamoasi navbatdagi g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, parallel kechgan Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv mundial tarixidagi eng dramatik o‘yinlardan biriga aylandi.

Iordaniya — Argentina: Messi va Lo Chelsoning klassikasi

Argentina terma jamoasi guruh bosqichini ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq Jovani Lo Chelso va Lautaro Martines (penaltidan) raqib darvozasini ishg‘ol qilib, amalda o‘yin taqdirini hal qilishdi. Iordaniya vakili al-Tamari 55-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, 80-daqiqada Lionel Messi o‘z so‘zini aytdi va yakuniy nuqtani qo‘ydi — 1:3.

Janubiy amerikaliklar 100 foizlik natija (3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba) bilan pley-offga yo‘l olishdi. Iordaniya esa biror ochko ololmay, musobaqa bilan xayrlashdi.

JCH-2026. «J» guruhi. 3-tur Iordaniya — Argentina 1:3 Gollar: Tamari (55) — Lo Chelso (19), Lautaro (31 pen), Messi (80).

Jazoir — Avstriya: 90+6-daqiqadagi gol va 6 ta to‘p kiritilgan drama

Afrika va Yevropa vakillari o‘rtasidagi bahs haqiqiy gollar shousini taqdim etdi. Marko Arnautovich va Marsel Zabitserning gollariga Jazoir safidan Belgali hamda afsonaviy Riyad Mahrez javob qaytardi.

Haqiqiy drama hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yuz berdi: 90+3-daqiqada Mahrez dublini rasmiylashtirib, Jazoirga g‘alaba taqdim etgandek tuyulgandi, ammo 90+6-daqiqada Sasha Kalajich Avstriyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi — 3:3. Ushbu jangovor durang har ikki jamoani ham 1/16 finalga olib chiqdi.

«J» guruhidagi yakuniy turnir jadvali

3-tur o‘yinlaridan so‘ng guruhdagi yakuniy holat quyidagicha ko‘rinish oldi. Argentina, Avstriya va Jazoir pley-off yo‘llanmasini naqd qilishdi:

№

Jamoalar

O‘yin

G‘alaba

Durang

Mag‘lubiyat

To‘plar nisbati

Ochko

1

Argentina

3

3

0

0

8:1

9

2

Avstriya

3

1

1

1

6:6

4

3

Jazoir

3

1

1

1

5:7

4

4

Iordaniya

3

0

0

3

3:8

0

Jamoalarning o‘yindagi tarkiblari:

  • Iordaniya: Abu Layla, Nasib, Al Arab, Abudahab, Haddod, Ar Rashdan, Ar Ravabdeh, Taha, Olvan, Fahuri, Al Azayzeh.

  • Argentina: Martines, Otamendi, Senesi, Talyafiko, Simeone, Paredes, Palasios, Lo Chelso, Paz, Alvares, {Lautaro} Martines.

  • Jazoir: Benbot, Belgali, Mandi, Bensebayni, Hadjam, Auar, Bentaleb, Maza, Mahrez, Gouri, Chaibi.

  • Avstriya: Shlager, Posh, Linhart, Alaba, Mvene, Seyvald, Shlager, Shmidt, Laymer, Sabitser, Arnautovich.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?