«Inter Mayami» Messi va Suares gollari bilan g‘alaba qozondi

«Inter Mayami» Messi va Suares gollari bilan g‘alaba qozondi

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida «Di Si Yunayted» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Luis Suares ikki marta, Lionel Messi esa ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Mayami jamoasi raqibiga javobsiz to‘rtta gol urdi.

Hisob 3-daqiqada ochildi. Luis Suares dastlabki golni kiritdi, 39-daqiqada esa yana bir bor o‘z nomini tabloga yozdirdi. Ikkinchi bo‘limda Lionel Messi 47-daqiqada gol urdi, 60-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.

Uchrashuv statistikasida ham «Inter Mayami» ustunlik qildi. Jamoa darvoza tomon 15 marta zarba bergan bo‘lsa, «Di Si Yunayted»da bu ko‘rsatkich 9 tani tashkil etdi. Darvoza sohasiga aniq zarbalar nisbati 7:2 bo‘ldi.

To‘p nazorati bo‘yicha «Inter Mayami» 61 foiz bilan ustun keldi. Jamoa 618 ta pas amalga oshirib, ularning 91 foizini aniq yetkazdi. Raqib esa 361 ta pas bergan, aniqlik ko‘rsatkichi 85 foizni tashkil etgan.

Follar soni «Inter Mayami»da 17 ta, «Di Si Yunayted»da 6 ta bo‘ldi. Burchak zarbalari bo‘yicha ham Mayami jamoasi 4:2 hisobida ustunlik qildi. Har ikki jamoa futbolchilari uchrashuv davomida qizil va sariq kartochka olmadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar