7 yoshli ikki karra Osiyo chempioniga 10 ming dollar va televizor topshirildi

7 yoshli ikki karra Osiyo chempioniga 10 ming dollar va televizor topshirildi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Muhammadyusuf Bahromov xalqaro musobaqadagi g‘alabalari uchun 10 ming AQSH dollari va televizor bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.

Muhammadyusuf Bahromov Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida klassik shaxmat va blis yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan. Shu tariqa u ikki karra Osiyo chempioniga aylangan.

Yosh shaxmatchiga muvaffaqiyatlari uchun pul mukofoti va televizor topshirildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar