14:26 / 30.05.2018
3 398

Ronalduning agenti “PSJ” bilan muzokara o‘tkazish uchun Parijga yetib keldi

Ronalduning agenti “PSJ” bilan muzokara o‘tkazish uchun Parijga yetib keldi
“Real” klubi Krishtianu Ronaldu “PSJ” jamoasi a’zosi bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Sapo Desporto nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh kuni kecha Parij shahriga fransuz klubi vakillari bilan muzokarada ishtirok etish uchun yetib keldi va mijozining “PSJ” safiga o‘tishini taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasida kechgan YECHL finalidan so‘ng Ronaldu yaqin kunlarda Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi: “Kelajagim haqida keyinroq gaplashamiz. Menga «Real” klubi safida o‘ynash yoqimli bo‘ldi, javobimni esa yaqin kunlarda e’lon qilaman».

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning agenti “PSJ” bilan muzokara o‘tkazish uchun Parijga yetib keldi