
“Real” klubi Krishtianu Ronaldu “PSJ” jamoasi a’zosi bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Sapo Desporto nashri.
Nashrning ma’lumot berishicha, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh kuni kecha Parij shahriga fransuz klubi vakillari bilan muzokarada ishtirok etish uchun yetib keldi va mijozining “PSJ” safiga o‘tishini taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasida kechgan YECHL finalidan so‘ng Ronaldu yaqin kunlarda Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi: “Kelajagim haqida keyinroq gaplashamiz. Menga «Real” klubi safida o‘ynash yoqimli bo‘ldi, javobimni esa yaqin kunlarda e’lon qilaman».
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar