Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bir necha bor uchrashuv o‘tkazib, uchrashuv chog‘ida o‘zbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot bergan hamda yangi dastur va loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Jumladan, kelishuvga ko‘ra Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA tomonidan yangi avtobus sovg‘a qilinishi haqida aytib o‘tgandi.
Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun va’da qilgan yangi avtobus yurtimizga yetib keldi.
Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 483 ot kuchiga ega. Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.
Shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o‘z avtobusi bor. Ushbu avtobus milliy ramzlarimiz va O‘FA logolari bilan bezatiladi hamda yig‘in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatga shay bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi