
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlari nimchorak finalida Gonkongga qarshi maydonga tushdi.
O'yin to'liqligicha vakillarimizning ustunligi ostida o'tdi. 27-daqiqada Ikrom Aliboev uzoqdan chiroyli zarba yo'llab, hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxiriga yaqin Gonkong terma jamoasi a'zosi Pui Xong Yu Akrom Komilovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi.
Ikkinchi bo'limda bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini yana ikki bor ishg'ol qilishdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov, 65-daqiqada Zabihullo O'rinboev Gonkong darvozasiga gol kiritishdi. Har ikkala golga Doston Hamdamov assistentlik qildi.
Endi O'zbekiston OTJ chorak finalda Eron - Janubiy Koreya g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo o'yinlari, 1/8 final
O'zbekiston OTJ - Gonkong OTJ 2:0
Gol: Ikrom Aliboev (27), Javohir Sidiqov (60), Zabihullo O'rinboev (65)
O'zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov (Bobur Abduxoliqov, 70), Odiljon Xamrobekov, Zabihillo O'rinboev (Andrey Sidorov, 80), Javohir Siddiqov (Doniyor Narzullaev, 71), Ikromjon Aliboev, Dostonbek Hamdamov, Dostonbek Tursunov.
Gonkong: Xo Chun Yuen, Vang Kit Sui, Xok Ming Lau, Lilley Nunez, Chun Lok Tan, Remi Dujardin, Vai Keng Chung, Ka Vai Lam, Chun Ming Vu, Pui Xong Yu, Tarres Paramo
Chetlatish: Pui Xong Yu (43) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar