
«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klubning muammolari haqida fikr yuritdi.
«Boshlang‘ich tarkibda maydonga faqat 11 nafar futbolchi tushishi mumkin. Ixtiyorimda esa 28 nafar futbolchi bor. Bu kichik muammoni qanday qilib yechishni bilmayman. Axir maydonga 15–16 futbolchi tusha olmaydi.
Yarim himoyachilarning xarakteristikasidan kelib chiqib taktika borasida muammoga duch keldim. Ishlashda davom etishimiz kerak. Ular himoyadagi o‘yinni yaxshilashlari kerak. Balki, qachondir Barkli va Loftus-Chikni bir vaqtning o‘zida boshlang‘ich tarkibga kiritarman.
Muxlislar uni yaxshi ko‘rishadi. U «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu normal holat. Ammo mening muammoyim avvalgicha qoladi», — dedi Sarri.
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar