11:00 / 13.12.2018
3 367

YeChLda 1/8 finalga yo‘l olgan va Yevropa ligasida ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing

YeChLda 1/8 finalga yo‘l olgan va Yevropa ligasida ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing
YeChLda 6-turning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, musobaqaning 1/8 finalida o‘ynaydigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Demak «Borussiya D», «Shalke-04», «Bavariya» (uchchalasi – Germaniya), «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenxem Xotspur» (to‘rttalasi – Angliya), «Barselona», «Real», «Atletiko» (uchchalasi – Ispaniya), «Yuventus», «Roma» (ikkisi – Italiya), «PSJ», «Lion» (ikkisi — Fransiya), «Portu» (Portugaliya), «Ayaks» (Gollandiya) jamoalari bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Quyidagi jamoalar esa kurashni Yevropa ligasida davom ettishadi: «Bryugge» (Belgiya), «Napoli», «Inter» (ikkisi – Italiya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Benfika» (Portugaliya), «Shaxtyor» (Ukraina), «Viktoriya Plzen» (Chexiya), «Valensiya» (Ispaniya).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChLda 1/8 finalga yo‘l olgan va Yevropa ligasida ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing