Qibrayda qizlarga tegajog‘lik qilgan yigitlar qamoqqa olindi

Qibrayda qizlarga tegajog‘lik qilgan yigitlar qamoqqa olindi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida jamoat tartibini buzib, qizlarga nisbatan axloq qoidalariga zid harakatlar sodir etgan ikki nafar yigit ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, holat Cobalt rusumli avtomashinada harakatlanayotgan shaxslar tomonidan sodir etilgan. Yo‘l chetida turgan qizlarga nisbatan nomaqbul va odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar qilingani yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilgan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida avtomashinada bo‘lgan shaxslarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda huquqiy choralar qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha haydovchi A. va fuqaro O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik bilan bog‘liq hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, har ikki huquqbuzarga nisbatan 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar