date

Dubayda “Real” va “Milan” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi

Dubayda “Real” va “Milan” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi

Bugun, 30 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan kechki 21:00 da BAAning Dubay shahridagi «The Sevens Stadium» o‘yingohida “Real” va “Milan” jamoalari o‘rtasisdagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanadi, deb xabar bermoqda kun.uz.

40 ming kishiga mo‘ljallangan ushbu stadionda o‘tkaziladigan o‘yin uchun savdoga chiqarilgan chiptalar bir hafta muqaddam sotib bo‘lingan edi.

Ushbu o‘yinda “Milan” bosh murabbiyi “Real”ning sobiq darvozaboni Diego Lopesni asosiy tarkibga kiritgan. Bundan tashqari, bugun “Qirollik klubi”ga qarshi o‘yinning asosiy tarkibidan Bonera, Mekses, Sapata, Albertassi, Montolivo, De Yong, Bonaventura, Muntari, Menez hamda El Shaaravi kabi futbolchilar joy olgan.

Madridliklar murabbiyi Karlo Anchelotti esa ushbu o‘yinda Keylor Navas, Varan, Koentrau, Nacho, Arbeloa, Xedira, Ronaldu, Ernandes, Xese, Ilyarramendi va Isko kabi futbolchilardan iborat asosiy tarkibdan foydalanadi.

Muxlislar ushbu o‘yinni “Dubai Sports” kanali orqali tomosha qilishlari mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dubayda “Real” va “Milan” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi