08:43 / 26.03.2020
2 733

Fabregas «Arsenal»dan ketish sababini ochiqladi

Fabregas «Arsenal»dan ketish sababini ochiqladi
Foto: Getty Images
«Monako» yarim himoyachisi Fransesk Fabregas Londonning «Arsenal» klubini nima sababdan tark etganini aytdi. Ispaniyalik futbolchi 2003—2011 yillar mobaynida «kanonirlar» safida to‘p surgan va keyinchalik «Barselona»ga yo‘l olgandi.

«Sardor edim, har doim bosim his qilganman. Qandaydir sovrin yutish uchun ushbu jamoani boshqarishim kerak edi. Borimni berardim. Ba’zida mag‘lubiyatdan keyin uyga borib yig‘lardim.

Avvallari g‘am chekardim, uyqusiz tunlar bo‘lardi. Faraz qiling, siz mag‘lubiyatdan keyin avtobusda qaytyapsiz, toptalgansiz, yakson bo‘lgansiz, keyin esa ayrim futbolchilar kulishib qayerda dam olishni muhokama qiladi.

Bu bir necha yillab davom etdi. Chiroyli futbol namoyish qilardik va bundan rohatlanardim, biroq jamoani ortimdan ergashtirish uchun o‘zimga bosim qilardim. Ba’zi vaqtlarda o‘zimni yolg‘iz his qilardim.

So‘nggi 2—3 yilda, o‘ylashimcha, faqat Robin van Persi va Samir Nasri psixologiya hamda texnika borasida mening darajamda edi. Manmanlik qilmoqchi emasman, menga shunday ko‘rinardi.

Miyamda turli o‘ylar yurardi. Tan olish kerak, tushkunlikka tushib qolgandim, ruhan va jismonan charchagandim. Borimni berib o‘ynasamda bizga bir nechta xarid yetishmayotganini bilib turish og‘ir edi.

Ayrim futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, o‘z omadimni boshqa joyda sinab ko‘rish qaroriga keldim. Agar bu holatlar bo‘lmaganida men «Arsenal»ni tark etmagan bo‘lardim», — deya Fabregas so‘zlarini keltirmoqda Goal.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fabregas «Arsenal»dan ketish sababini ochiqladi