17:11 / 09.09.2020
3 921

Tayson Fyurining Bahodir Jalolov borasidagi fikri qanday?

Tayson Fyurining Bahodir Jalolov borasidagi fikri qanday?
Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri navbatdagi intervyusida yurtdoshimiz Bahodir Jalolov haqida ham so‘z yuritdi.

"U havaskor boksda juda yaxshi tarbiya qilingan. Qolaversa, havaskor yo‘nalishda ko‘p janglar o‘tkazgani va xalqaro turnirlarda ham juda ko‘p ishtirok etganidan xabardorman. Yaqinda, bir-ikki jangining videotasvirni ko‘rdim, u juda katta ko‘rinishga ega bo‘lishi barobarida xuddi boks tushishni yaxshi o‘zlashtirgandek, ko‘rindi. Men har doim ta’kidlayman, yevropaliklar hech qachon boks borasida tug‘ma iste’dod egalari bo‘lmagan, lekin ular bunga tirishqoqlik va kuch bilan erishadi.

Amerikaliklarda esa, katta mahorat shakllangan, Yevropa vakillari ulardan ortda qolmaslikka harakat qiladi. Men har ikki maydonda o‘zimni erkin his qilaman. Umid qilamanki, shu yigitlardan
(Bahodir Jalolov bilan birga bir qator og‘ir vazndagi yosh bokschilarni nazarda tutmoqda) bir nechtasi "Lo‘lilar qiroli" natijalarini takrorlashi mumkin", - dedi Fyuri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyurining Bahodir Jalolov borasidagi fikri qanday?