O‘zbekistonda kiviga talab keskin oshdi: asosiy ta’minotchi qaysi davlat?

O‘zbekistonda kiviga talab keskin oshdi: asosiy ta’minotchi qaysi davlat?

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan jami 7,3 ming tonna kivi olib kelindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt oy davomida ushbu mahsulot 8 ta davlatdan import qilingan. Kivi importining umumiy qiymati 2,8 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda import hajmi sezilarli darajada oshgan. O‘zbekistonga olib kelingan kivi miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming tonnaga yoki qariyb 59 foizga ko‘paygan.

Mamlakatga eng ko‘p kivi yetkazib bergan davlat Eron bo‘ldi. Yanvar–aprel oylarida ushbu mamlakatdan 6 ming tonna mahsulot import qilingan.

Ikkinchi o‘rinni Xitoy egalladi. Xitoydan O‘zbekistonga 1,2 ming tonna kivi olib kelingan. Shu tariqa, Eron va Xitoy umumiy import hajmining deyarli barchasini ta’minlagan.

Shuningdek, Qozog‘istondan 27,5 tonna, Tailanddan 13 tonna, Italiyadan esa 3,6 tonna kivi import qilingan.

Qolgan 5,5 tonna mahsulot boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar