O‘zbekistonda elektromobillar soni jadal o‘sishda davom etmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatida mamlakat bo‘yicha 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Hududlar kesimida eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Poytaxtda jami 79 851 ta elektromobil mavjud bo‘lib, bu respublikadagi umumiy ko‘rsatkichning asosiy qismini tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 8 194 ta va Samarqand viloyati 4 525 ta elektromobil bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 3 042 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 611 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 231 ta elektromobil ro‘yxatga olingan.
Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Navoiy viloyati — 1 756 ta;
Buxoro viloyati — 1 685 ta;
Andijon viloyati — 1 477 ta;
Namangan viloyati — 1 156 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 010 ta;
Sirdaryo viloyati — 799 ta;
Jizzax viloyati — 517 ta;
Surxondaryo viloyati — 315 ta.
Ma’lumotlar elektromobillar asosan poytaxt va unga yaqin hududlarda ko‘proq jamlanganini ko‘rsatmoqda.































Izohlar 0
…