Vadim Abramov: "Eldor Shomurodov "Jenoa"da bemalol o‘ynab keta oladi"

1 daqiqa o'qish3.1K
Vadim Abramov: "Eldor Shomurodov "Jenoa"da bemalol o‘ynab keta oladi"
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o‘tishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Eldor Shomurodov terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan. Umid qilamanki, u "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi va Toshkentga uchib keladi. Hozircha uning kelmasligi haqida gap-so‘z bo‘lgani yo‘q.

Aslida Odil Ahmedovni ham bu yig‘inga chaqirmoqchi edim. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoyga qaytganidan keyin 14 kun karantinda bo‘lishi shartligi bois Ahmedovni bu safar chaqirmadik.

Ro‘yxatdagi ikki futbolchi hozircha terma jamoaga kelmasligi aniq. "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov kasal, yarim himoyachi Oybek Bozorovda esa jarohat bor ekan.

To‘g‘risi aytsam bungacha "Jenoa"ni kuzatmas edim. Endi bu jamoa o‘yinlarini ko‘ramiz va Shomurodovning harakatlariga baho beramiz. Tushunarliki "Jenoa" Italiya futboli yetakchisi emas, ammo baribir bu A Seriya. Eldor Shomurodov bu klubda o‘ynab keta olishiga ishonchim komil. U yerda menimcha hech qanday muammo bo‘lmaydi. Umid qilamizki aynan shunday bo‘ladi", - deydi Vadim Abramov.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?