23:20 / 13.10.2020
1 338

Kanchelskis «Navbahor» tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida: «Ular hammasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi»

Kanchelskis «Navbahor» tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida: «Ular hammasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi»
Foto: «Navbahor» FK
Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis «Navbahor» bilan tuzilgan shartnomasining bekor bo‘lganidan keyin to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida fikr bildirib o‘tdi.

9 oktabr kuni «Navbahor» Kanchelskisni iste’foga chiqargani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, mutaxassis to‘rt oydan buyon maosh olmayotgani va bu borada FIFAga shikoyat qilish niyatida ekani aytilgandi.

- "Hozircha «Navbahor» bilan munozara ketmoqda, ular tinch yo‘ldan bormoqchi. Muzokaralar olib boryapmiz, menga ham, ularga ham ortiqcha tortishuv va shovqin kerak emas. Shartnoma bor va unda to‘lanishi kerak bo‘lgan miqdor ko‘rsatib qo‘yilgan. Ular tomonidan hozircha hammasi joyida va aniq.

O‘ylashimcha, bir haftadan keyin masalani hal qilamiz. Ular qo‘ng‘iroq qilishni boshladimi, demak, hammasi tinch o‘tishini istamoqda
", - deydi «Navbahor» sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis.

Kanchelskis 2018 yilning oktabrida namanganliklar boshqaruviga kelgandi. Mutaxassis 2019 yilning avgustida iste’foga chiqarilgan, biroq o‘sha yilning o‘zida yana o‘z lavozimiga qaytarilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)