Foto: Instagram
Boks bo‘yicha uchta divizion sobiq chempioni Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) Teofimo Lopesga (16-0, 12 KO) qarshi jangdagi hakamlar qaroridan norozi bo‘ldi.
«Bilmadim, menga jangning birinchi yarmi teng kurashlar ostida o‘tgandek tuyuldi. Balki, u 1-2 raundni o‘z foydasiga hal qilgandir, biroq jangning ikkinchi yarmida faollikni oshirdim.
O‘ylashimcha, jangning ikkinchi yarmini o‘z foydamga hal qildim. Uyga borib, jangni ko‘rib chiqmoqchiman, biroq hakamlar qaroriga qo‘shilmayman.
G‘olib bo‘ldim deb o‘ylagandim, ammo natija boshqacha bo‘ldi. Promouter va menejerim bilan gaplashib olamiz, shundan keyin bir qarorga kelamiz», — deydi Lomachenko.
12 raund davom etgan jangda hakamlar Lopesni g‘olib deb topdi. Shu tariqa amerikalik sportchi WBA, WBO, IBF va WBC Franchise kamarlariga ega chiqdi.
Statistikaga ko‘ra, ukrainalik bokschi raqibiga qaraganda deyarli ikki barobar kam zarba yo‘llagan, biroq aniq berilgan berilgan zarbalar borasida ustunlikka ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar